
Axborot texnologiyalari (bahorgi semestr)
MUALLIFLAR:
Adham Tilovovich Norqobilov
Sarvar Norboboyevich Toshev
Hamrayev Javlon Hoshim o`g`li
Shermurod Shavkat oʻgʻli Shoyimov

Fizik kimyo
“Fizikaviy va kolloid kimyo” fani kimyoviy moddalar ishtirokida boruvchi jarayonlarning umumlashgan qonuniyatlari va ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi, tahlil qiladi hamda boorish sharoitlarini belgilaydi. Kimyoviy reaksiyalar bilan boradigan har qanday о‘zgarishlarning fizik-kimyoviy xossalarini bilish va aniqlashda asosan uch: termodinamika, molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usularidan foydalaniladi.
Fizikaviy va kolloid kimyo aniq fan hisoblanib, nazariy qarashlarning eksperimental usullarini tadbiq etishda, fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng qо‘llaniladi. Bu esa jarayonlarni qanday borishini va sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni tajribalar o‘tkazmasdan oldindan aytib berish yoki izohlash imkoniyatini beradi.
Mazkur fan oziq-ovqat texnologiyalar (barcha ishlab chiqarish turlari va mahsulotlari bо‘yicha), biotexnologiya hamda boshqa turdosh ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’lim oluvchi bakalavriatura talabalari uchun ixtisoslik fanlarini chuqur о‘zlashtirishda dasturilamal bо‘lib xizmat qiladi.