
Fizik kimyo (TMJ, KT, OOT, VT, FOBMT) .
“Fizikaviy va kolloid kimyo” fani kimyoviy moddalar ishtirokida boruvchi jarayonlarning umumlashgan qonuniyatlari va ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi, tahlil qiladi hamda boorish sharoitlarini belgilaydi. Kimyoviy reaksiyalar bilan boradigan har qanday о‘zgarishlarning fizik-kimyoviy xossalarini bilish va aniqlashda asosan uch: termodinamika, molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usularidan foydalaniladi.
Fizikaviy va kolloid kimyo aniq fan hisoblanib, nazariy qarashlarning eksperimental usullarini tadbiq etishda, fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng qо‘llaniladi. Bu esa jarayonlarni qanday borishini va sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni tajribalar o‘tkazmasdan oldindan aytib berish yoki izohlash imkoniyatini beradi.
Mazkur fan oziq-ovqat texnologiyalar (barcha ishlab chiqarish turlari va mahsulotlari bо‘yicha), biotexnologiya hamda boshqa turdosh ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’lim oluvchi bakalavriatura talabalari uchun ixtisoslik fanlarini chuqur о‘zlashtirishda dasturilamal bо‘lib xizmat qiladi.
"Oziq-ovqat kimyosi va tahlil" Sirtqi ta'lim uchun
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kimyoviy tarkibini o‘rgatish, bu moddalarning kimyoviy tuzilishi, xususiyatlari, shuningdek oziq-ovqat tarkibidagi moddalarni fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlarini, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini aniqlashni tahliliy metodlarini, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari olish xaqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kiyoviy tarkibini o‘rgatish, qayta ishlov berishda yuz beradigan kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarni boshqarish, mu’tadil texnologik rejimlami tanlash, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari olish uchun optimal sharoitlar yaratish usullarini o‘rgatishdan iboratdir.

"Oziq-ovqat kimyosi va tahlil" VBAIT uchun (kunduzgi) Fan o`qituvchilari: katta o`qituvchi Xolmurodov B. (tel: +998919638566) va assistent Raxmonov E.
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kimyoviy tarkibini o‘rgatish, bu moddalarning kimyoviy tuzilishi, xususiyatlari, shuningdek oziq-ovqat tarkibidagi moddalarni fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlarini, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini aniqlashni tahliliy metodlarini, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari olish xaqida bilim berishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kiyoviy tarkibini o‘rgatish, qayta ishlov berishda yuz beradigan kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarni boshqarish, mu’tadil texnologik rejimlami tanlash, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari olish uchun optimal sharoitlar yaratish usullarini o‘rgatishdan iboratdir.

Inson havfsizligi va toksikologiya
Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi turli hil kimyoviy moddalarning
metallurgiya, elektronika, mashinosozlik, atom energetikasi qishloq xo`jaligi va
avtotransport sohalarida qo`llanilishi bilan keng bog‘liqdir. Shu tufayli ularning
ishlatilayotgan xajmi kundan kunga ortib atrof-muxitga salbiy ta`siri
kuchaymoqda. Ular ichida inson xamda barcha hayvonlar uchun zaharli ta`sirga
ega bo`lgan moddalar ko`p. Mana shuning uchun ham insonning sog‘lig‘ini
himoya qilish muamolari va uning oldini olish tadbirlari aloxida muxim o`ringa
ega. Xavfsizlik qoida va me`yorlarni ishlab chiqish va kimyoviy moddalarni
zaharli ta`sir mexanizmni aniqlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Kimyoviy moddalarni zaharligi quyidagi omillar bilan bog‘liq: miqdor,
kimyoviy moddalning umumiy xossasi, biologik sistemalarda absorbtsiyalanishi va
organizm organlariga uzatilishi, biotransportlanish jarayonida moddalarni past yoki
yuqori zaharlik xususiyatiga ega bo`lish, organizmdagi makromolekulalari bilan
birikish, elementlarning miqdorini gomeostatik mexanizm samarasini boshqarish.
Moddalarni biologik faolligi va ularning kimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liqlig‘i
o`rtasidagi zaharlik miqdorini aniqlash juda zarurdir. Shuning uchun doza
(miqdor), samara (effekt) ta`sirga javob reaktsiyalar va kontsentratsiya
tushunchalar bilish ko`zda tutilishi kerak. Chunki tirik organizm murakkab sistema
bo`lib uning barcha qisimlari o`zaro ta`sir yig‘indisidan iborat va zaharlanish
jarayoni moddalarni organizmdan chiqib ketishi va to`qimalar orqali so`rilishi
kinetikasi bilan bog‘liqdir. Hozirgi paytda 7 milliondan ortiq kimyoviy moddalar
atrof muhitda to`plangan va aholi salomatligiga potentsial salbiy tasa`sir ko`rsatishi
mumkin.
Shu sababli zamonoviy kimyogar-ekolog mutaxassis kimyoviy
moddalarning zaharli xususiyati va zaharlanish sohadagi asosiy tushunchaga va
kerakli vaziyatlarda zaharlanishni oldini olish, kimyoviy moddalarni
zararsizlantirish usullari bilan yaqindan tanish bo`lishi lozim.