"Oziq-ovqat kimyosi" OOT, FOBMT va VBAIT yo'nalishlari uchun (kunduzgi)

"Oziq-ovqat kimyosi" OOT, FOBMT va VBAIT yo'nalishlari uchun (kunduzgi)

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kimyoviy tarkibini o‘rgatish, bu moddalarning kimyoviy tuzilishi, xususiyatlari, shuningdek oziq-ovqat tarkibidagi moddalarni fizikaviy va kimyoviy o‘zgarishlarini, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini aniqlashni tahliliy metodlarini, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari olish xaqida bilim berishdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom-ashyolarni, tayyor mahsulotlami kiyoviy tarkibini o‘rgatish, qayta ishlov berishda yuz beradigan kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarni boshqarish, mu’tadil texnologik rejimlami tanlash, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat maxsulotlari olish uchun optimal sharoitlar yaratish usullarini o‘rgatishdan iboratdir.


Fizik kimyo (TMJ, KT, OOT, VT, FOBMT)

Fizik kimyo (TMJ, KT, OOT, VT, FOBMT)

“Fizikaviy va kolloid kimyo” fani kimyoviy moddalar ishtirokida boruvchi jarayonlarning umumlashgan qonuniyatlari va ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydi, tahlil qiladi hamda boorish sharoitlarini belgilaydi. Kimyoviy reaksiyalar bilan boradigan har qanday о‘zgarishlarning fizik-kimyoviy xossalarini bilish va aniqlashda asosan uch: termodinamika, molekulyar-kinetik nazariya va kvant mexanika usularidan foydalaniladi.

Fizikaviy va kolloid kimyo aniq fan hisoblanib, nazariy qarashlarning eksperimental usullarini tadbiq etishda, fizikaning mantiq va matematik qonun va qonuniyatlaridan keng qо‘llaniladi. Bu esa jarayonlarni qanday borishini va sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni tajribalar o‘tkazmasdan oldindan aytib berish yoki izohlash imkoniyatini beradi.

Mazkur fan oziq-ovqat texnologiyalar (barcha ishlab chiqarish turlari va mahsulotlari bо‘yicha), biotexnologiya hamda boshqa turdosh ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha ta’lim oluvchi bakalavriatura talabalari uchun ixtisoslik fanlarini chuqur о‘zlashtirishda dasturilamal bо‘lib xizmat qiladi.