Inson havfsizligi va toksikologiya

Inson havfsizligi va toksikologiya

Sanoat ishlab  chiqarishning  rivojlanishi   turli hil  kimyoviy  moddalarning 

metallurgiya,  elektronika,  mashinosozlik,  atom  energetikasi   qishloq xo`jaligi  va 

avtotransport  sohalarida qo`llanilishi  bilan  keng  bog‘liqdir.  Shu  tufayli  ularning 

ishlatilayotgan  xajmi   kundan  kunga  ortib   atrof-muxitga  salbiy  ta`siri 

kuchaymoqda.  Ular  ichida  inson  xamda  barcha  hayvonlar  uchun  zaharli  ta`sirga 

ega  bo`lgan  moddalar  ko`p.   Mana  shuning  uchun  ham  insonning  sog‘lig‘ini 

himoya qilish muamolari va uning oldini olish tadbirlari aloxida muxim o`ringa 

ega.  Xavfsizlik  qoida  va  me`yorlarni  ishlab  chiqish   va  kimyoviy  moddalarni 

zaharli ta`sir mexanizmni aniqlashga katta ahamiyat berilmoqda. 

Kimyoviy  moddalarni  zaharligi quyidagi  omillar  bilan  bog‘liq:  miqdor, 

kimyoviy moddalning umumiy xossasi, biologik sistemalarda absorbtsiyalanishi va 

organizm organlariga uzatilishi, biotransportlanish jarayonida moddalarni past yoki 

yuqori  zaharlik  xususiyatiga  ega  bo`lish,  organizmdagi  makromolekulalari  bilan 

birikish, elementlarning miqdorini  gomeostatik  mexanizm  samarasini boshqarish. 

Moddalarni biologik faolligi va ularning kimyoviy xususiyatlari bilan bog‘liqlig‘i 

o`rtasidagi  zaharlik  miqdorini  aniqlash  juda  zarurdir.  Shuning  uchun   doza 

(miqdor),  samara  (effekt)  ta`sirga  javob   reaktsiyalar  va  kontsentratsiya 

tushunchalar bilish ko`zda tutilishi kerak. Chunki tirik organizm murakkab sistema 

bo`lib  uning  barcha  qisimlari  o`zaro  ta`sir  yig‘indisidan  iborat  va  zaharlanish 

jarayoni  moddalarni  organizmdan  chiqib  ketishi  va  to`qimalar  orqali  so`rilishi 

kinetikasi bilan bog‘liqdir. Hozirgi paytda 7 milliondan ortiq kimyoviy moddalar 

atrof muhitda to`plangan va aholi salomatligiga potentsial salbiy tasa`sir ko`rsatishi 

mumkin. 

Shu  sababli  zamonoviy  kimyogar-ekolog  mutaxassis  kimyoviy 

moddalarning  zaharli  xususiyati  va  zaharlanish  sohadagi  asosiy  tushunchaga  va 

kerakli  vaziyatlarda  zaharlanishni  oldini  olish,  kimyoviy  moddalarni 

zararsizlantirish usullari bilan yaqindan tanish bo`lishi lozim.